Sevgi daraxti: yuraklarni bog‘lovchi 500 yoshli eman

Sevgi daraxti: yuraklarni bog‘lovchi 500 yoshli eman

"Sevishganlar emani" nafaqat o‘zining pochta manziliga ega, balki uning sharofati bilan yuzdan ortiq juftliklar tanishib, turmush qurishgan.

Hammasi XIX asrning oxirida boshlangan. Bir nemis o‘rmonchisi qizining qallig‘i bilan uchrashib yurishiga juda qarshi bo‘lgan va nikohga ham rozilik bermagan. Biroq, ikki yosh taslim bo‘lmay, o‘zaro aloqani davom ettirishgan va mana shu eman daraxtining kavagiga bir-birlariga maktub yozib qoldirishgan. O‘rmonchi bu holatni ko‘rib, nihoyat oshiq-mashuqlarga turmush qurishlariga ruxsat bergan va to‘y marosimi pochtachi sifatida ularga sodiq xizmat qilgan eman daraxti ostida o‘tkazilgan. Tez orada bu voqea butun Germaniya va xatto boshqa davlatlarga ham tarqalib ketgan. Shundan so‘ng o‘z baxtini topmoqchi bo‘lgan odamlar daraxt yoniga kelib, uning kavagida xat qoldira boshlashgan va istalgan kishi birovning xatini olib o‘qishi mumkin bo‘lgan.

Hozirgacha pochtachi eman daraxtiga butun dunyodan maktublarni olib keladi, chunki daraxtning o‘z pochta manzili bor: Brutigamseiche, Dodauer Forst, 23701 Eutin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!