Sergey Shoygu ISHID to‘liq yo‘q qilinganini e’lon qildi

Sergey Shoygu ISHID to‘liq yo‘q qilinganini e’lon qildi

Rossiyaning Suriyada olib borgan harbiy operasiyasi Islom davlatining (ID) to‘liq yo‘q bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada missiyaning o‘tkazilishi zarur bo‘lgan.

“Bugungi kunga kelib bizda nima bor? Muhimi, ISHID to‘laligicha yo‘q qilindi. Bundan tashqari, butun dunyo xalqaro yashirin terrorizmiga sezilarli darajada zarar yetkazilganini, tashkilotlarning moliyaviy ko‘magi va ularning zaxiralarini qo‘llab-quvvatlash tizimi buzilganligini ishonch bilan aytish mumkin”, deya Shoyguning so‘zlarini keltirdi “Zvezda” telekanali.

U o‘tgan vaqt davomida Rossiya hududiga bironta ham terrorchi kirmaganini, RF harbiylari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar natijasida terrorchilik guruhlarining Suriya va boshqa davlatlardagi faoliyatining kengayishiga qarshi ishonchli to‘siq o‘rnatilganini alohida ta’kidladi.

Suriyadagi rus qo‘shinlari 133 mingdan ortiq jangarilarni va 865 nafar ularning rahbarlarini yo‘q qildi.

Rossiya 2015 yildan buyon Suriya hukumatiga xalqaro terrorizm bilan kurash olib borishda yordam berib kelmoqda. Rossiya Federasiyasining terrorizmga qarshi operasiyasi Damashq iltimosiga binoan boshlangan. 2018 yilning dekabr oyida Rossiya qurolli kuchlarining asosiy qismi Suriyadan olib chiqilishi haqida ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!