Sergelida "samosud" qilingan erkakning shaxsi aniqlandi

Sergelida "samosud" qilingan erkakning shaxsi aniqlandi

Internet ijtimoiy tarmog‘ida erkak kishining boshqa fuqarolar tomonidan kaltaklanayotganligi, atrofdagi fuqarolar esa ularni tinchlantirishga harakat qilayotganligi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, voqea 17 yanvardan 18 yanvarga o‘tar kechasi taxminan soat 23.55 larda bo‘lgan va soat 00.15 da 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilingan.

Tan jarohati olgan fuqaroning shaxsi aniqlandi, u 40 yoshli Zulfiqor X., unga tan jarohati yetkazgan fuqaro va janjaldagi qolgan ishtirokchilarning shaxsi aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!