Senatorlar va deputatlarga guvohnoma hamda ko‘krak nishonlari topshirildi

Senatorlar va deputatlarga guvohnoma hamda ko‘krak nishonlari topshirildi

2020 yilning 19 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolariga guvohnoma hamda ko‘krak nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Unda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, yangi saylangan deputat va senatorlar, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar qildi.

Parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatini va Senatining 97 nafar a’zosini ro‘yxatga oldi. Senat a’zolarining 13 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 yanvardagi № PF-5918-son Farmoniga asosan tayinlangan.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov milliy parlamentimizning yangi saylangan va Prezidentimizning farmoniga binoan tayinlangan a’zolarini xalq vakili bo‘lishdek sharafli maqomga musharraf bo‘lgani bilan samimiy tabrikladi.

Avval xabar qilinganidek, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining birinchi majlislarini shu yilning 20 yanvar kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!