Senat: investisiyalarni jalb qilishda iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish muhim

Senat: investisiyalarni jalb qilishda iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish muhim

Senatda “Hududlarda xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish va yaratilgan imtiyozlarni tatbiq etishda muammolar va ustuvor vazifalar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Tadbir Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Hududlarda investisiya muhitini yaxshilash, xorijiy investorlar va eksportchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilishda mahalliy Kengashlar deputatlarining o‘rni yuzasidan milliy amaliyot va xorijiy tajriba atroflicha ko‘rib chiqildi.

Investisiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini monitoring qilish, jumladan, deputatlarning tegishli hokim o‘rinbosarlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish orqali kompleks tizimni yaratish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, yirik investorlar bilan manzilli ishlash, investisiyalarni jalb qilishda iqtisodiy diplomatiyani va chet eldagi diplomatik vakolatxonalar ishtirokini kuchaytirish muhimligi alohida qayd etildi.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan samarali foydalanish va ularni o‘z vaqtida o‘zlashtirish, ushbu mablag‘larni ustuvor ravishda ijtimoiy, infratuzilma hamda suv xo‘jaligi loyihalariga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!