Sayxunobod tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbariga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Sayxunobod tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbariga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Bugun 12-yanvar kuni, ijtimoiy tarmoqlarda, xususan bizning kanal orqali yoritilgan Sayxunobod tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari bilan bog‘liq videolavha yuzasidan, “Sirdaryo HETK” AJ axborot xizmati tomonidan rasmiy munosabat bildirildi. 

"Ushbu video yuzasidan “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan   Sayxunobod tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari SH.Jo‘rayevga nisbatan  xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilanib, xizmat tekshiruvi natijalari yuzasidan batafsil ma’lumot berilishini  ma’lum qilamiz", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda mazkur rahbarning O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin davrida belgilangan maska rejimiga rioya qilmay belgilangan qoidalarni buzganligi to‘g‘risida ham qo‘shimcha fikrlar tarqalmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!