Saudiyada rossiyalik hakamlar ishlay boshlaydi

Saudiyada rossiyalik hakamlar ishlay boshlaydi

Rossiya futbol ittifoqi Saudiya Arabistoni bilan hakamlar almashinuvi bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Bu haqda «Shef-poVAR» telegram kanali xabar bermoqda.

Agar ma’lumot tasdiqlansa, yaqin kelajakda Saudiya Arabistoni chempionati o‘yinlarida rossiyalik hakamlar ishlaydi.

Hozir u yerda ko‘plab yulduz futbolchilar o‘ynashadi, xususan, Krishtianu Ronaldu, Neymar va Karim Benzema.

O‘z navbatida Saudiya Arabistonidan kelgan hakamlar Rossiyadagi o‘yinlarda ham ishlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!