Sardor Rahimxon va Tohir Usmonovga nima uchun lisenziya berilmayapti?

Sardor Rahimxon va Tohir Usmonovga nima uchun lisenziya berilmayapti?

«O‘zbekkonsert» DM direktori Odiljon Abduqahhorov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Odiljon Abduqahhorov intervyu davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon hamda xonanda Tohir Usmonovlarga lisenziya berilmayotgani sababini quyidagicha izohladi.

"Ularning lisenziyasi qaytarib beriladi. ‘O‘zbekkonsert’ DM ‘Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi’ bor, o‘sha guruhlar tomonidan lisenziya berish yoki bermaslik tartibi ko‘rib chiqiladi. Topshirilgan hujjatlar ko‘rib chiqilib, xulosa beriladi hamda xulosa asosida fuqorolarga lisenziya beriladi. Sardor Rahimxon yoki Tohir Usmonov ijod qilish maqsadi bo‘lsa, marhamat ‘Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi’ga murojaat qilishlari mumkin. Bugungi kunga qadar ushbu xonandalar lisenziyasini tiklatish uchun murojaat qilishmagan".

Eslatib o‘tamiz, Sardor Rahimxon hamda Tohir Usmonovlarning lisenziyasi «O‘zbekkonsert» DM yig‘ilishiga bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, sababsiz kelmagani uchun olib qo‘yilgan edi.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!