Samvel Babayanning “tanka”si kim?

Samvel Babayanning “tanka”si kim?

Oldinroq xabar berganimizdek, bugun, 24 iyun kuni “Lokomotiv” stadionining majlislar zalida klubning yangi murabbiyi Samvel Babayan ishtirokida OAV uchun Matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, jurnalistlar tomonidan “Samvel Babayanning “tanka”si kim deb berilgan savolga “Lokomotiv” klubining yangi murabbiyi quyidagicha javob berdi.

“Meni taniydiganlar juda yaxshi biladiki, meni hech kim futboldan chetlata olmaydi. 7 yosh paytimdanoq futbolning ichidaman. Futbol uchun qo‘limdan kelganicha ko‘plab ishlarni amalga oshirganman. Menda “tank” yoki boshqa narsalar yo‘q. Mening jonimni faqat xudo olishi mumkin”, deb aytib o‘tdi Samvel Babayan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!