Samsung Galaxy Fold 2 qanday dizaynga ega bo‘lishi ma’lum qilindi

Samsung Galaxy Fold 2 qanday dizaynga ega bo‘lishi ma’lum qilindi

Ice Universe nikli insayder Weibo’dagi akkaunti orqali yangi qurilma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilgan. Suratlarga ko‘ra, smartfon displeyida kompaniyaning barcha zamonaviy flagmanlari kabi frontal kamera bo‘ladi. Galaxy Fold’ning birinchi avlodida frontal datchiklar olib tashlangan edi.

Ekran o‘lchami 7,3 dan 7,7 dyuymgacha. Piksellari soni esa 1680x2213 bo‘lib, tomonlar nisbati 11,8:9 ni tashkil etadi.

Tashqi displeyning o‘lchami ham kattargan. Galaxy Fold’ga 4,6 dyuymli panel o‘rnatilgan bo‘lsa, Galaxy Fold 2’da 6,23 dyuymli va ingicha hoshiyaga ega 819x2267 pikselli panel o‘rnatiladi. Unda ham kamera uchun mo‘ljallangan qirqim mavjud.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, buklanuvchan smartfon Snapdragon 865 prosessorida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchi 12/256 gigabayt va 12/512 gigabayt xotiraga ega modifikasiyalarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Qurilmaning avtonomligini 4365 mA/soat sig‘imga ega akkumulyator ta’minlaydi. Asosiy kamera esa uchta datchikdan iborat bo‘ladi: 64 Mp, 16 Mp va 12 Mp.

Hozircha Samsung Galaxy Fold 2’ning narxi oshkor qilinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!