Samarqandda xizmat o‘tayotgan IIB inspektorini "Damas" urib ketib, halok qildi

Samarqandda xizmat o‘tayotgan IIB inspektorini "Damas" urib ketib, halok qildi

IIV Matbuot xizmati yana bir IIB xodimining YTH qurboni bo‘lgani haqida xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 sentyabr kuni soat 23:00 larda Pastdarg‘om t. IIB profilaktika inspektori R.Boqiyev tuman hududidan o‘tgan 4R-46 avtomobil yo‘lida xizmat o‘tayetgan vaqtda, xaydovchisi spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan Damas avtomashinasi R.Boqiyev va 2 nafar fuqaroni urib yuborgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan R.Boqiyev vafot etgan.

IIV rahbariyati va shaxsiy tarkibi o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan xodimning bevaqt o‘limi munosabati bilan yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ham 2020 yil 1 sentyabr kuni Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida xizmat qilayotgan YPX inspektori katta serjant Salim Umarovni 19 yoshli haydovchi “Lacetti”da urib ketgan va 3 kundan so‘ng, 4 sentyabr kuni YPX xodimi vafot etgan edi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!