Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochildi

Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochildi

 

Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

«Gazeta.uz»ning ma’lum qilishicha, 7 mart kuni bo‘lib o‘tgan tantanali ochilish marosimida bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, tashqi ishlari vaziri Abdulaziz Komilov, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va boshqalar ishtirok etdi.

Konsullik Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi investisiya, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish vazifalarini amalga oshiradi.

Turkiya tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi 9 martga qadar davom etadi. Turkiya delegasiyasi O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochilishi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 avgustidagi qarorida ko‘zda tutilgandi. Hujjat Turkiya hukumatining O‘zbekistonga texnik ko‘magini kengaytirishni nazarda tutadi. Turk ekspertlari sog‘liqni saqlash infratuzilmasi ob’ektlarini boshqarish sohasidagi salohiyatini oshirish, seysmologiya sohasidagi institusional va normativ-huquqiy bazani mustahkamlash, yo‘llar va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini qurish hamda ulardan samarali foydalanish sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga ko‘maklashish, shuningdek, elektron hukumat sohasida Turkiyaning eng yaxshi yechimlari va texnologiyalarini joriy etishga jalb etiladi.

Avvalroq Turkiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Olgan Bekar ish boshlagani haqida xabar berilgandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!