Samarqandda “Nexia” portlab ketdi

Samarqandda “Nexia” portlab ketdi

2021 yil 09 iyun kuni taxminan soat 04:35 larda Samarqand shahar M.Bedil ko‘chasida joylashgan “Ishon Standart” MCHJ ASGQShda fuqaro M.U. boshqaruvidagi 2002 yilda ishlab chiqarilgan “Nexia” rusumli avtoulovda o‘rnatilgan siqilgan gaz balonning yorilishi bilan bog‘liq portlash sodir bo‘lgan.

Portlash natijasida avtomobil va shaxobchaning gaz taqsimlash ayvoning tunukali shift qismi zararlangan.

Ushbu hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan va tan jaroxati olganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!