Samarqandda 145 nafar fuqaro karantindan chiqarildi

Samarqandda 145 nafar fuqaro karantindan chiqarildi

Samarqand shaharida joylashgan Samarqand temir yo‘l transport kasb-hunar kolleji yotoqxonasida turli viloyat fuqarolari karantinga olingan edi.

Bugun ularning barchasi, ya’ni 145 nafar fuqaroning 14 kunlik karantin muddati tugadi. Ularning hech qaysida kasallik alomatlari aniqlanmadi va uylariga maxsus avtobuslarda kuzatilib quyildi. Fuqarolar uylarida tibbiy kuzatuvni ma’lum muddat davom ettiradi.

Bekzod Beknazar o‘g‘li, jurnalist


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!