Samarqand shahar hokimligi 4 oydan beri o‘lgan odam bilan sudlashib kelmoqda

Samarqand shahar hokimligi 4 oydan beri o‘lgan odam bilan sudlashib kelmoqda

Amir Temur ko‘chasi 6A uyda joylashgan uy-joy binosini buzish maqsadida Samarqand shahar hokimligi ushbu bino egasi 2018 yilda vafot etgan Abramova Yelena bilan 2019 yil avgust oyidan beri sudlashib kelmoqda.

Binoning Samarqand Davlat tibbiyot instituti yangi o‘quv korpusi qurilishi doirasida buzilishi belgilangan. Samarqand shahar hokimning 11.02.2016 yildagi №149-Q sonli qaroriga asosan Amir Temur ko‘chasi 6A uyda joylashgan uy-joy binosi Abramova Yelenaga tegishli:

Abramova Yelena Isroil fuqaroligini olgan va Isroil davlati Ichki ishlar vazirligining bergan rasmiy ma’lumotiga ko‘ra 2018 yilning 30 martida olamdan o‘tgan:

Fuqaroning o‘lganiga qaramasdan Samarqand shahar hokimligi 2019 yil 29 iyul kuni uning ustidan fuqarolik ishlar bo‘yicha Samarqand shahar sudiga da’vo ariza bilan murojaat etgan:

Da’vo arizada shahar hokimining vazifasini bajaruvchi B.Oblakulovning bildirishicha: «Samarqand shahar hokimligi tomonidan xonadon egasiga tovon tariqasida … 614 241 000 (olti yuz un to‘rt million ikki yuz qirq ming) so‘m pul … bilan ta’minlash bo‘yicha taklif berilgan. Ammo xonadon egasi Abramova Yelena Grigor’evna shahar hokimligi tomonidan berilgan ushbu takliflarni ASOSSIZ RAVISHDA rad etib kelmoqda» ekan.

 

Shahar hokimi qanday qilib o‘lgan fuqaro bilan bog‘langanligi va ushbu «ilohiy» bog‘lanish kimning yoki nimaning yordamida amalga oshirilganligi ochiqlanmagan.

 

O‘lgan fuqaro bilan sudlanish mumkinmi? 

 

O‘lgan fuqaro huquqlari bormi va ushbu huquqlar qonun bo‘yicha qanday himoyalanadi?Ushbu fuqarolik ishini ko‘rib chiqayotgan fuqarolik ishlar bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi B.Vaxobov ham Abramova Yelenaning olamdan o‘tganligi bo‘yicha 2019 yil 21 avgust kuni rasman xabardor etilgan va suddan ushbu fuqarolik ishini mulkning merosxo‘rlar nomiga qonuniy o‘tishigacha vaktincha to‘xtatish ham so‘ralgan. Shunga qaramasdan ushbu ilimosnoma sudya tomonidan inobatga olinmagan va o‘lgan fuqaro bilan hokimlik o‘rtasidagi sud bugunga qadar davom etib kelmoqda:

Aslida bu holatni kulguli deb hisoblash aslo mumkin emas.

 

O‘lgan odamning mulkini buzib tashlash tirik odamning mulkini bo‘zib tashlashdan ko‘ra ancha oson va kamxarajat bo‘lganligi sababli bundan albatta foydalanib olish kerak-ku axir.

 

Odil sudlov deb atashga til bormaydigan holat yuzasidan O‘zbekiston respublikasi Oliy sudidan rasmiy munosabat kutib qolamiz.

 

Mirzo Subxanov  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!