Saloh APL tarixidagi eng yaxshi 10-to‘purarga aylandi

Saloh APL tarixidagi eng yaxshi 10-to‘purarga aylandi

Muhammad Saloh Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida aniq 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

“Liverpul” vingeri APLning 18-turida “Arsenal” darvozasiga gol urdi (1:1). Endi misrlikning ushbu turnirdagi gollari soni 151 taga yetdi.

Saloh Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Maykl Ouenni ortda qoldirib, aniq 10-o‘ringa ko‘tarildi.

Muhammaddan Jermeyn Defo (162 gol), Robbi Fauler (163), Tyerri Anri (175), Frenk Lempard (177), Serxio Aguero (184), Endi Koul (187), Ueyn Runi (208), Xarri Keyn (213) va Alan Shirer (260) oldinda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!