Rouen Atkinson Boris Jonsonni paranji kiygan ayollar pochta qutilariga o‘xshashi haqidagi hazili uchun maqtadi

Janob Bin roli bilan mashhur bo‘lgan aktyor Rouen Atkinson paranji kiygan ayollarni pochta qutilariga o‘xshatgan Buyuk Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning hazilini ma’qulladi, deb yozadi Meduza. Qiziqchi Jonson kechirim so‘rashi kerak emasligini aytdi.

«Boris Jonsonning hazili juda yaxshi chiqdi, deb o‘ylayman, faqat yomon hazillar uchungina kechirim so‘rash kerak», — dedi Atkinson. Uning ta’kidlashicha, diniy mavzudagi hazillar doimo xafagarchiliklarga sabab bo‘ladi.

Boris Jonson paranji yopingan ayollar haqida The Telegraph gazetasida chiqqan kolonkasida hazil qilgan edi. Kolonka Daniyada jamoatchilik joylarida paranji taqishni taqiqlash to‘g‘risida qabul qilingan qonunga bag‘ishlangan edi.

Sobiq vazir paranji unga yoqmasa ham, uni taqiqlashga qarshi chiqishini yozdi. Shunga qaramay, Jonsonni islomofobiyada ayblab, uzr so‘rashni talab qilishdi.

Manba: daryo.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!