Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun 2 ta maxsus poyezd reysi qo‘yildi

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun 2 ta maxsus poyezd reysi qo‘yildi

Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan o‘zbekistonliklarni mamlakatga olib kelish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Moskva-Toshkent yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur poyezd 28 iyun kuni Moskva Kazanskiy-Toshkent yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi. Poyezd Moskvadan soat 22:28 da jo‘naydi.

Shuningdek, 25 iyun kuni Voljskiy-Toshkent yo‘nalishida ham 1 ta maxsus poyezd qatnovi amalga oshiriladi. Poyezd Voljskiy vokzalidan soat 20:57 da jo‘naydi.

Ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Moskva-Toshkent hamda Voljskiy-Toshkent yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilar yoki ularning yaqinlari YE-ticket.railway.uz (http://xn---ticket-6gg.railway.uz) sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!