Rossiyada o‘zbekistonlik yigit ko‘chada o‘lik holda topildi

Rossiyada o‘zbekistonlik yigit ko‘chada o‘lik holda topildi

Rossiyada ko‘chadan 23 yoshlik o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi. Bu haqda "Fontanka" xabar berdi.

O‘lim sababini aniqlash uchun jasad o‘likxonaga yuborilgan. Xavfsizlik kuchlari tomonidan hech qanday jarohat sezilmagan. Aniqlanishicha, yigit boshiga tushgan zarbdan vafot etgan. Holat yuzasidan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, oqibatida odam o‘limiga olib kelish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xavfsizlik xodimlari jinoyat yuzasidan 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan. Ayblanuchi 9 avgust kuni yotoqxonada o‘zaro janjal oqibatida tanishining boshiga tepgani aniqlangan. U prosessual qamoqqa olinib, vaqtinchalik izolyatorga joylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!