Rossiyada 12 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirishgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada 12 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirishgani ma’lum bo‘ldi

Krasnoyarsk o‘lkasida sud mahalliy fuqaro va uning voyaga yetmagan do‘stini 12 yoshli qizni zo‘rlash va o‘ldirishda aybdor deb topdi, deb yozadi Novosibirsk davlat teleradiokompaniyasi.

Boshqarma matbuot xizmatining xabar berishicha, fojia 2020 yilda sodir bo‘lgan. 29 may oqshomida ayblanuvchilarning kattasi o‘rmonda qiz bolaga hujum qilgan. Erkak qizni bo‘g‘a boshlagan, qiz hushidan ketdi. Yigit yosh sherigi bilan birgalikda qizni zo‘rlagan va keyin o‘ldirgan.

Shov-shuvli ishni Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin o‘z zimmasiga oldi. Tergovchilar 40 dan ortiq odamni so‘roq qilishdi, voqea joyida o‘nga yaqin tekshiruv o‘tkazdilar va jinoyatchilar izidan ketishdi. Ikkala ayblanuvchi ham o‘z ayblarini tan olishdi.

Qotillar uzoq yilga hukm qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!