Rossiya «yomon» milliarderlar o‘lkasimi?

Rossiya «yomon» milliarderlar o‘lkasimi?

Rossiyada milliarderlarning umumiy boyligi mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YAIM)ning 35 foizidan o‘tib ketdi. Bu dunyo bo‘yicha eng yuqori ko‘tsatkichdir, deya xabar beradi The Financial Times.

Qayd etilishicha, bu borada ikkinchi o‘rin Shvesiyaga tegishli, u yerda milliarderlarning umumiy boyligi YAIMning 30 foiziga teng. Uchinchi o‘rindagi Hindistonda esa mazkur ko‘rsatkich 20 foizni tashkil etmoqda.

Amerikaning Morgan Stanley konsalting kompaniyasi milliarderlarni uch guruhga bo‘lgan: “merosxo‘r”, “yaxshi” va “yomon”. Birinchi guruhdagilar boyliklarini qarindoshlaridan meros qilib olgan, ikkinchi guruhdagilar esa texnologiya sohalarida ishlab boyigan. Uchinchi guruhdagilar iqtisodiyotning noekologik sohalari va ehtimoliy korrupsion yo‘llardan boylik topgan.

Rossiya milliarderlari “yomon” sohalardan (qariyb 60%) pul topadigan mamlakatlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchilik Meksikaga tegishli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!