Rossiya siyosiy taxdidlardan xavfsirab, runet ustidan nazoratni kuchaytiradi

Rossiya siyosiy taxdidlardan xavfsirab, runet ustidan nazoratni kuchaytiradi

Rossiya so‘nggi yillarda Internet segmentini tartibga solish bo‘yicha siyosiy muxoliflarning "agressiv" harakatlariga qarshi barqarorlikni oshirishga qaratilgan eng jiddiy islohotlardan birini tayyorlamoqda, deya xabar beradi REUTERS axborot agentligi.

Ushbu maqsadlar uchun, davlat, Rossiya trafikini transchegaraviy tutshmalarni aloqa opreatorlari o‘rtasida uzatishni minimallashtirishni va o‘zlarining DNS -ildiz server infratuzilmasini yaratishni istamoqda.

Rossiya deputatlari, Davlat Dumasiga aloqa to‘g‘risidagi qonunchilikka tuzatishlar kiritib, buni Moskvani xakerlar hujumlarida ayblagan AQSh milliy kiberxavfsizlik milliy strategiyasining "agressiv xaraketir"ga javob deb atadilar.

"Ushbu sharoitlarda Rossiyada Internetning uzoq muddatli va barqaror ishlashini ta’minlash uchun himoya choralari talab qilinadi", - deyiladi tuzatishlar kiritilgan yozma hujjatda.

Ularning taklif qilgan qonun loyihasi birinchi marta 2014 yilda Aloqa va ommvaiy kommunikasiya vazirligi tomonidan "raqamli mashg‘ulot” degan nom bilan taklif etilgan bo‘lib, unda bir nechta ishtirokchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, global internetdan uzilishga urinish bo‘lganida, runetning barqarorligini tekshiradi.

Qonun loyihasida uzatiladigan trafik manbasini aniqlaydigan aloqa tarmoqlarida texnik vositalarni o‘rnatish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Hujjatda qayd etilishicha, ular kirish taqiqlangan ma’lumotlarning faqatgina tarmoq manzilini chegaralab qolmay, balki trafik o‘tishini taqiqlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.

Shuningdek, u trafikni yo‘naltirish qoidalarini belgilaydi, ularga rioya etilishini nazorat qiladi va rossiyaltk foydalanuvchilar o‘zaro almashinadigan ma’lumotni chet elda o‘tkazish imkoniyatini minimallashtirish imkoniyatini yaratadi.

Hujjat, transchegaraviy aloqa liniyalarini va trafikni almashish punktlarini aniqlaydi va "xavf tug‘ilganda" majburan ularning egalariga trafikni markazlashtirilgan holda boshqarishni ta’minlash imkoniyatini beradi.

"Rossiya telekommunikasiya operatorlarini xorijiy internet server ildizlariga ulash imkoni bo‘lmagan xolatlarda, Rossiya internet-resurslarining ish faoliyatini ta’minlash imkonini beradigan infratuzilma yaratiladi” –deyilmoqda hujjatda.

Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashining, 2017 yil ohirida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidan keyin, Aloqa va Tashqi ishlar vazirligiga BRIKS mamlakatlarida alohida, mustaqil DNS ildiz serverlarini yaratish masalasi ustida ishlash vazifasi topshirilgan bo‘lib, bu esa mintaqada o‘z Internetini yaratishga imkoniyatni beradi.

Bundan tashqari, qonun loyihasiga ko‘ra, vakolatli organlar va telekommunikasiya operatorlari tahdidlarni aniqlash va Internetdagi Rossiya segmentining samaradorligini tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazib boradilar.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!