Rossiya ikki moldovalik uchuvchini afg‘on asirligidan ozod qildi

Rossiya ikki moldovalik uchuvchini afg‘on asirligidan ozod qildi

Moldova prezidenti Igor Dodonning aytishicha, hozirda Moskvada Afg‘onistonda asirlikda bo‘lgan ikki moldovalik vertolyot uchuvchisi saqlanmoqda. Dodonning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchilarni olib ketish uchun shaxsan o‘zi Rossiyaga boradi.

Bu haqda Mk.ru xabar berdi.

Dodon kecha bo‘lib o‘tgan brifing paytida uchuvchilarni ozod qilishda yordam bergani uchun Rossiya hukumatiga minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus operatsiya bir necha oy davom etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!