Rossiya don mahsulotlarini faqat “do‘st mamlakatlar”ga sotmoqchi

Rossiya don mahsulotlarini faqat “do‘st mamlakatlar”ga sotmoqchi

Rossiya don mahsulotlarini faqat “do‘st mamlakatlar”ga sotishini ma’lum qildi.

Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Patrushev Peterburg Xalqaro Iqtisodiy Forumida (SPIYEF) so‘zga chiqib, bir qator muammolarni, jumladan, buzilgan ta’minot zanjirlari va moliyaviy hisob-kitoblar bilan bog‘liq qiyinchiliklar haqida gapirdi.

U Rossiya eng ko‘p muhtoj bo‘lgan davlatlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun bu to‘siqlarni yengib o‘tishi kerakligini aytdi.

“Bizning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarimiz tashqi bozorda bo‘ladi, faqat bizga do‘stona, bizga to‘siq va qiyinchilik tug‘dirmaydigan mamlakatlarda bo‘ladi",-dedi Dmitriy Patrushev.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu yil Rossiya rekord darajadagi bug‘doy hosilini kutmoqda.

Ayrim mamlakatlar ocharchilik tahdidi bilan yuzma-yuz kelayotganini eslatgan Rossiya yetakchisi, bu vaziyatda ayb butunlay “G‘arb elitasi” zimmasida ekanini da’vo qildi.

So‘nggi ikki oyda bug‘doy narxi rekord darajaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, g‘alla inqirozi butun dunyoda sezilmoqda.

Ob-havo sharoiti va koronavirus epidemiyasi ta’sirida qolgan jahon oziq-ovqat bozori 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi va G‘arbning Moskvaga qarshi sanksiyalari tufayli yana bir zarbaga duch keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!