Ronalduning qachongacha futbol o‘ynay olishi aytildi

Ronalduning qachongacha futbol o‘ynay olishi aytildi

Napoli klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yuventus futbolchisi Krishtianu Ronalduning jismoniy holati hamda klubning yosh hujumchisi Moyze Kinning kelajagi haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.

Krishtianu 40 yoshga qadar futbol o‘ynay oladi, deb o‘ylayman. Chunki uning jismoniy ko‘rsatkichlari shundan darak bermoqda. Nafaqat jismoniy holati, balki aql-zakovati, kuchi va har kuni yanada yaxshiroq bo‘lishga bo‘lgan istagi tufayli ham uzoq muddat top darajada futbol o‘ynay olishiga ishonaman.

Kin yilni juda yuqori formada boshladi. Murabbiylar shtabi uning o‘sishini doimo kuzatib bordi va yuqori nuqtaga chiqishi bilan tarkibga jalb qilishdi.

Moyze Kinda ham Ronaldu singari qobiliyat bor va u bir kun kelib Yuventus ning timsoliga aylanadi , deydi italiyalik mutaxassis.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!