Ronaldu: "Qaytganimdan xursandman"

Ronaldu: "Qaytganimdan xursandman"

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (1:1) ishtirok etganidan so‘ng qisqacha his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

"Qaytganimdan xursandman", - deb yozdi Ronaldu o‘zining Twitter sahifasida.

Oldinroq, 37 yoshli portugaliyalik uchrashuv yakuniga etmasdanoq "Old Trafford"ni tark etgani haqida xabar berilgandi.

Ronaldu oilaviy muammolar sabab "Yunayted"ning ushbu mavsum oralig‘ida oldingi 5 ta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yubordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!