Ronaldu: "Qachon tugatishimni o‘zim aytaman"

Ronaldu: "Qachon tugatishimni o‘zim aytaman"

Saudiyaning "An-Nasr" jamoasining markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining o‘tgan yilgi o‘yini haqida fikr bildirdi. 38 yoshli hujumchi 54 ta gol bilan 2023 yilning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

"54 ta gol - qachon tugatishimni o‘zim aytaman. Jamoaga rahmat”, - deya 38 yoshli portugaliyalik hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda xabar qoldirdi.

Krishtianu 2023 yilning yanvaridan beri “An-Nasr” sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2025 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!