Ronaldu muvaffaqiyatlari siri nimada ekanligini aytdi

Ronaldu muvaffaqiyatlari siri nimada ekanligini aytdi

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu nima uchun muvaffaqiyat qozonishda davom etayotganini tushuntirib berdi.

Portugaliyalik 2023 yilni barcha musobaqalardagi 54 ta gol bilan yakunladi - Kilian Mbappe, Garri Keyn, Erling Xoland va Yevropa futbolining boshqa yulduzlaridan ko‘proq. "An-Nasr" hujumi yetakchisi fevral oyida 39 yoshga to‘ladi.

"Mening muvaffaqiyat sirim? Qattiq mehnat va fidoyilik. Jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman, chunki ularsiz bularning hech biri sodir bo‘lmasdi. Bizni hamma joyda kuzatib borayotgan muxlislardan ham minnatdorman", - dedi portugaliyalik yulduz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!