Ronaldu "Arsenal"ga o‘tish taklifini eshitib kulib yubordi

Ronaldu "Arsenal"ga o‘tish taklifini eshitib kulib yubordi

“An-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ar-Riyoddagi boks oqshomida promouter Frenk Uorren bilan suhbatlashdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, suhbat chog‘ida Uorren 38 yoshli portugaliyalikni Londonning "Arsenal" jamoasiga o‘tishni taklif qilgan. Shundan so‘ng Ronaldu kulib yubordi. Eslatib o‘tamiz, Krishtianu uzoq vaqt Angliyada "Manchester Yunayted"da o‘ynagan.

2023 yil boshida portugaliyalik Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi va "An-Nasr" bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!