Ronaldu 2023 yilgi jahon sporti yulduzlari ro‘yxatini boshqarib turibdi

Ronaldu 2023 yilgi jahon sporti yulduzlari ro‘yxatini boshqarib turibdi

SMM bilan shug‘ullanuvchi Hopper HQ kompaniyasi 2023 yil yakunlari bo‘yicha jahon sportining asosiy yulduzlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Hopper HQ saytida xabar qilinganidek, reytingda birinchi o‘rinni Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning «An-Nasr» jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu egalladi.

Ikkinchi o‘rinda Argentina terma jamoasi va «Inter Mayami» futbolchisi Lionel Messi joy olgan.

Hindistonlik kriketchi Virat Kohli uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

To‘rtinchi o‘rin Braziliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi futbolchisi Neymar, beshinchi o‘rinni «Los-Anjeles Leykers» jamoasining amerikalik basketbolchisi LeBron Jeyms egalladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!