RFning shimoliy poytaxtida gipermarket yonib ketdi

RFning shimoliy poytaxtida gipermarket yonib ketdi

Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida “Lenta” gipermarketida yong‘in sodir bo‘ldi. RIA Novostining xabar berishicha, odamlar evakuasiya qilingan.
Yong‘in yuz bergani haqida soat 8:30 da kelib tushgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni 5 ming metr kvadratni tashkil qilgan.
Binodan 800 kishi evakuasiya qilingan. Yong‘inga 3 daraja berilgan. Uni o‘chirishda 47 ta maxsus texnika va 192 nafar o‘t o‘chiruvchi qatnashgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inda ikki kishi – erkak va ayol jabrlangan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!