"Real"ning 4 nafar futbolchisi safga qaytdi

"Real"ning 4 nafar futbolchisi safga qaytdi

"Real"ning 4 nafar futbolchisi bugundan umumiy guruhda mashg‘ulotlarga kirishdi, deya xabar berdi Fabrisio Romano.

Hujumchi Vinisius Junior jarohatdan qaytdi, yarim himoyachilar Eduardo Kamavinga, Dani Karvaxal va Arda Guler ham. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti ularning yanvar oyidagi o‘yinlarga tayyor bo‘lishini kutmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Arda Gyuler hali "Real" safida o‘yin o‘tkazmadi. Turkiyalik futbolchi jamoaga yozda kelib qo‘shilib, jarohati tufayli safdan chiqqan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!