«Real» Mbappening transferi bo‘yicha qachon rasmiy taklif yuborishi ma’lum bo‘ldi

«Real» Mbappening transferi bo‘yicha qachon rasmiy taklif yuborishi ma’lum bo‘ldi

«Real» klubi bugun — 1 yanvar kuni «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappening transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuboradi. Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, OAVda tarqatgan xabarga ko‘ra, «Madrid» 25 yoshli futbolchiga, agar u "qaymoqranglilar" safiga qo‘shilishni istasa, yanvar oyi o‘rtasigacha shartnomaga imzo chekishni talab qilgan.

L'Équipe xabar tarqatishicha, "Pari Sen-Jermen" rahbariyati Kilianning Parijda qolishiga umid qilmoqda.

Fransiyalik futbolchining «PSJ» bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar tuzilgan. U yanvar oyidan boshlab boshqa jamoa bilan muzokara boshlash huquqiga ega.

Mbappe Liga 1'ning joriy mavsumida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 3 ta gol muallifiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!