Rasul Kusherbayevdan yana bir javob: “Ovora bo‘lasiz, bu provokasiya!”

Rasul Kusherbayevdan yana bir javob: “Ovora bo‘lasiz, bu provokasiya!”

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarni uzluksiz kuzatib borishga ba’zan vaqt etmaydi.

Shu sabab so‘nggi bir necha kunda (bu yil hisobidan to‘rtinchi yoki beshinchisi) “Facebook”, “Telegram”, “tik tok” kabi bir qator ijtimoiy tarmoqlardagi mening ham nomim ishlatilgan g‘alati so‘rov va videomontajlar yuzasidan kechroq bo‘lsa-da  yana bir bor quyidagilarni ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Men Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan ijobiy islohotlar imkoniyatidan ruxlanib, qonunlarga ishonib ishlashga harakat qilayotgan shu yurtning bir fuqarosiman.

Prezidentning xalq farovonligini oshirish, mamlakatni har tomonlama rivojlantirish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayman va bu jarayonda ishtirok etishni o‘z burchim, deb bilaman.

Hozirgi ishimdan boshqa yuqori joyda ishlash maqsadim yo‘q. Inson har qanday ishda ham odamlar va o‘zining roziligi uchun ishlay oladi.

Shu bois, insof yuzasidan meni mamlakat rahbariyati va Prezident oldida salbiy fonda  ko‘rsatishga asos bo‘ladigan harakatlarni qilmaslikka yoki atayin uyushtirmaslikka chaqiraman. Bilmay qilayotgan bo‘lsangiz meni tinch qo‘ying! Bilib qilayotgan bo‘lsangiz ovora bo‘lasiz, bu provokasiya!

 Barchamizga idrok va insof yor bo‘lsin!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!