Rasman! Rossiyalik hujumchi «Andijon» bilan shartnoma imzoladi

Rasman! Rossiyalik hujumchi «Andijon» bilan shartnoma imzoladi

Yaqinda «Andijon» tarkibiga Moskvaning SSKA klubidan qo‘shilgan iqtidorli hujumchi Luka Zgurskiy endi to‘laqonli andijonliklar a’zosiga aylandi. Boisi, futbolchi va klub o‘rtasida 3 yillik shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun, Luka Zgurskiy 2005 yilning 5 dekabr kuni tavallud topgan. U 10 yoshgacha «Svestopol» futbol maktabida shug‘ullangan. Keyinchalik esa SSKA klubi akademiyasiga o‘tgan. Luka 2021-2022 yilgi yoshlar ligasi chempionatida 24 ta o‘yinda 18 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shuningdek, 2022-2023 yilgi mavsumda 22 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 16 bor ishg‘ol qilgan va 4 marta golga assist vazifasini bajargan. 2022 yilda esa Luka Zgurskiy SSKA akademiyasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Luka Rossiya U21 terma jamoasi a’zosi sanaladi. E’tiborlisi, futbolchi terma jamoadagi debyutini 2023 yilning centyabr oyida Buxoroda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi uchrashuvda o‘tkazgan.

«Andijon» matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!