Ramzan Qodirov 4105 ta kuch mashqini bajargan 5 yoshli bolakayga Mercedes sovg‘a qildi

Ramzan Qodirov 4105 ta kuch mashqini bajargan 5 yoshli bolakayga Mercedes sovg‘a qildi

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov 5 yoshli Rahim Quriyevga Mercedes avtomashinasini sovg‘a qildi. Bu haqda «Vesti.ru» xabar berdi.

Rahim bir necha kun oldin hech qanday tanaffussiz 2 soat 26 daqiqa ichida yotgan holda ikki qo‘lda gavdani tushirib-ko‘tarish mashqini 4105 ta bajarib rekord qo‘ygandi. Qodirov bolakayga mashina sovg‘a qilayotib shunday dedi: «Otang seni ushbu mashinada olib yuradi. Sen eng yaxshisiga munosibsan». Bolakay esa Mercedes oldida o‘z mashqlarini Checheniston rahbariga namoyish etib berdi.

Ma’lumot uchun, Rahimning harakatlari aks etgan video Rossiyaning rekordlar kitobiga yuborilgan. Biroq tashkilot a’zolarida bir qancha savollar paydo bo‘lgan, shu sababdan bolakay mashqlarni bir haftadan keyin qaytadan namoyish etishi ma’lum qilingan.

Daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!