Radar o‘rnatish joylari sotuvidan byudjetga qancha pul tushdi

Radar o‘rnatish joylari sotuvidan byudjetga qancha pul tushdi

O‘zbekiston Moliya vazirligi davlat byudjetiga auksion asosida radar va kameralar o‘rnatish joylarini sotishdan tushayotgan pul mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Moliya vazirligining javobi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev tomonidan e’lon qilindi.

O‘tkazilgan statistikaga ko‘ra, 7 sentyabr holatida elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan 11 ta tadbirkorlik sub’ektlaridan jami 86,7 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar byudjetga kelib tushgan.

Joriy yil mart oyidan buyon tadbirkorlar yo‘l harakat qoidalari buzilishini foto va video qayd etish uchun yo‘l kameralari va radarlarni o‘rnatish huquqiga ega bo‘ldilar. Joylar auksion orqali qo‘lga kiritiladi — g‘olib o‘rnatish joyini keyinchalik boshqa tadbirkorlarga sotish huquqi bilan cheklanmagan muddatga sotib oladi.

2021−2022 yillarda mamlakatda tadbirkorlarni jalb qilish orqali 3356 ta videokamera va 763 ta radar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!