Quyosh chiqqanidan kun botgunga qadar bo‘ynigacha suvga kirib o‘tirishga majbur hind ayoli

Quyosh chiqqanidan kun botgunga qadar bo‘ynigacha suvga kirib o‘tirishga majbur hind ayoli

Hindistonlik ayol Pataruni Gosh o‘z qishlog‘ida suv parisi laqabini olgan. Ayol 1998 yilda noma’lum kasallikka chalingan. Uning teri qatlamlari quyosh nuriga kuchli ta’sirchan, 20 yildan buyon quyosh chiqishi bilan ayolning terisi kuya boshlaydi, u esa butun kunni qishloq yaqinidagi ko‘lda o‘tkazishga majbur bo‘ladi.Ayolning qarindoshlari bu kasallikni davolay oladigan shifokor topilishiga umid qilmoqda. Hozircha esa ular ayolga har kuni ko‘l bo‘yiga ovqat olib kelib, u bilan suhbatlashib o‘tiradi. Quyosh botganidan keyin esa ayol o‘z uyiga yo‘l oladi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!