Qo‘yliqdagi 21-sanchastga bomba qo‘yilgani haqida yolg‘on ma’lumot bergan qiz qidirilmoqda

A A A
Qo‘yliqdagi 21-sanchastga bomba qo‘yilgani haqida yolg‘on ma’lumot bergan qiz qidirilmoqda

Toshkent shahri Qo‘yliq tumanidagi 21-sanchastga bomba qo‘yilgani haqida yolg‘on ma’lumot bergan qiz qidirilmoqda. Bu haqda IIB Tashkiliy boshqarmasi «Tez News»ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi Navbatchilik qismining 102 raqamiga 30 sentyabr, chorshanba kuni soat 18:11 da qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Telefonda o‘zini Uchtepa tumani 25-daha 5-uy 4-xonadonda yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan X.M. deya tanishtirgan fuqaro tanishlari 1974 yilda tug‘ilgan SH.I. va uning turmush o‘rtog‘i Kompass savdo majmuasi oldida o‘zaro gaplashib o‘tirgan vaqtida 21-sonli sanchast tarafdan portlovchi modda qo‘yib qo‘yishganligi haqida eshitganligi haqida xabar bergan.

Mazkur xabarga bo‘yicha olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida qo‘ng‘iroq qilingan raqam egasi Shayxontohur tumanida joylashgan «Samarqand darvoza» savdo majmusida sotuvchi bo‘lib ishlovchi xodimga tegishli ekanligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, raqam egasining oldiga notanish qiz kelib, qo‘ng‘iroq qilib olish uchun telefonini so‘ragan.

Surishtiruv ishlari davomida qo‘ng‘iroq qilgan qiz Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, «Mash’al» MFY, Abay Mamt ko‘chasi, 59-uyda yashovchi, millati qozoq, ma’lumoti o‘rta, turmushga chiqmagan, vaqtincha ishsiz, 1998 yilda tug‘ilgan I.A. ekanligi aniqlangan.

Hozirda A.I.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Fuqaro A.I.ning video tasma yozuvlaridan olingan hozirgi tashqi ko‘rinishi: sochlari orqaga yig‘ilgan, rangi qora, egnida kul rang (kardigan) djemfer va ichidan qora oldida rasmi bor futbolka, xavo rangli jinsi shim, oyog‘ida qora makasima kiygan.

Ma’lumot uchun, A.I. muqaddam 2017 yilda Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan sudlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!