Quvasoydagi to‘yxonada qing‘ir ish fosh etildi

Quvasoydagi to‘yxonada qing‘ir ish fosh etildi

Aniq.uz sayti manbasining xabar berishicha, Quvasoy shahridagi to‘yxonalarning birida tadbirkor B.M. ishbilarmonlik ka qo‘l urib, to‘yxona binosidagi nonvoyxona va o‘choqlarning yarmini beminnat foydalanish uchun devor ortidan noqonuniy gaz tarmog‘iga ulanib olganligi holati fosh etildi.

Biroq, Majburiy ijro byurosi Quvasoy shahar bo‘limi tezkor xodimlari B.M. o‘ylaganchalik anoyi bo‘lib chiqmadilar, yaqinda o‘tkazilgan ko‘rik davomida huquqbuzarning qilmishi fosh bo‘ldi. U o‘z qilmishi oqibatida Quvasoy shahar gaz ta’minoti korxonasi manfaatlariga 19 mln. 535 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazgan.

Sud huquqbuzar B.M. tomonidan moddiy zararni to‘liq qoplaganligini inobatga olgan holda 1,0 mln. so‘m ma’muriy jarima jazosi tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!