Qo‘shma Shtatlar 27 mart kuni Rossiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan olti nafar shaxs va ikki kompaniyaga sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar 27 mart kuni Rossiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan olti nafar shaxs va ikki kompaniyaga sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar 27 mart kuni Rossiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan olti nafar shaxs va ikki kompaniyani Shimoliy Koreyaning qurol-yarog‘ dasturiga mablag‘ o‘tkazishda ayblab, sanksiyalar ro‘yxiatiga kiritdi.

Bu haqda AQSh Moliya vazirligi bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, bu harakatlar Janubiy Koreya bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan. Canksiyaga tushgan kompaniyalar orasida Vladivostokdagi Alis LLC va BAAda ro‘yxatdan o‘tgan Pioneer Bencont Star Real Estate ham bor. Bildirilishicha, ikkala kompaniya ham Shimoliy Koreya armiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan Chinyong Information Technology Cooperation'ning bir qismidir.

Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2023 yilning may oyidan beri sanksiyalar ostida bo‘lgan Chinyong Rossiya va Laosda ishlaydigan Shimoliy Koreya IT xodimlarini boshqarish uchun kompaniyalar va vakillar tarmog‘idan foydalanadi.

Ma’lumot uchun, AQSh va Janubiy Koreya shu haftada KXDR uchun noqonuniy neft importining oldini olishga qaratilgan yangi ishchi guruh tuzilgani haqida e’lon qildi. Ular bu harakatini BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan joriy qilingan mavjud xalqaro sanksiyalar deyarli ish bermayotgani bilan izohladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!