Qur’onni yoqmoqchi bo‘lganlar Belgiyadan haydaldi

Qur’onni yoqmoqchi bo‘lganlar Belgiyadan haydaldi

Belgiya hukumati Qur’oni karimni yoqmoqchi bo‘lgan daniyalik besh nafar ekstremistni deportasiya qildi. IslamToday nashrining xabar berishicha, ular manfur amalini musulmonlar zich yashaydigan Sen-Jan-Molenbek tumanida bajarishni rejalashtirgan edi.  

Belgiyaning qochqinlar ishlari bo‘yicha davlat kotibi Semmi Mahdi ekstremistlarning aksiyasini jamoat xavfsizligiga jiddiy tahdid deb atadi. 

Deportasiya qilingan daniyaliklarning ismlari oshkor qilinmadi, ammo ular islomofob siyosatchi Rasmus Paludanning izdoshlari ekani ma’lum bo‘ldi. Paludan 11 noyabr kuni Parijdagi Yelisey maydoniga Qur’oni karimni yoqmoqchi bo‘lgani uchun Fransiyadan chiqarib yuborildi. Uning Germaniyaga kirishi ham taqiqlangan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!