Qozog‘istondagi dahshatli YTHda o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi dahshatli YTHda o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

Turkiston viloyati Ichki ishlar departamenti uch kishi halok bo‘lgan YTH bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlagan.

Avvalroq, Qozog‘istonning Turkiston viloyatida dahshatli YTH sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Halokatga uchragan mikroavtobusda O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lgan edi.
 Turkiston viloyati Ichki ishlar departamenti uch kishi halok bo‘lgan YTH bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlagan. Bu haqda “Kazinform” nashri xabar bermoqda.
 Ma’lumotga ko‘ra, Olma-ota-Tokent-Olma-ota yo‘lining 733-kilometrida Mazda rusumli yengil avtomobil SsangYong Istana rusumli mikroavtobusning orqasidan borib urgan. Mikroavtobus pastlikka ag‘darilib ketgan. Natijada Mazda haydovchisi va ikki ayol halok bo‘lgan. Ayollardan biri O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Hozirda bu fojia haqida O‘zbekiston rasmiy tashkilotlari ma’lumot bermayapti.

Shuningdek, to‘qqiz kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan olti nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.
Ushbu holat IIDda “Yo‘l-transport harkati va transport vositasidan foydalanish qoidalarini buzish” bandi bilan ro‘yxatga olingan. Ekspertiza tekshiruvlari boshlangan.
 
Manba: qalampir.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!