Qozog‘istonda o‘zbekistonlik firibgar qo‘lga olindi

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik firibgar qo‘lga olindi

Qozog‘iston Respublikasining Pavlodar shahrida firibgarlik qilgani uchun o‘z vatanida qidiruvda bo‘lgan 28 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qo‘lga olindi.

«28 yoshli erkak kishi hibsga olingandan so‘ng, polisiya xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ular qidiruvga bergan shaxsning hibsga olingani to‘g‘risida xabar berishdi», - dedi Pavlodar viloyati PD Kriminal polisiya boshqarmasi boshlig‘i Balg‘abay Kaparov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!