Qozog‘istonda loyga botib qolgan mashinadagi 7 o‘zbekistonlikning taqdiri qanday kechdi?

Qozog‘istonda loyga botib qolgan mashinadagi 7 o‘zbekistonlikning taqdiri qanday kechdi?

Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyatida joylashgan Arqaliq shahri yaqinida mahalliy qutqaruvchilar loyga botib qolgan mikroavtobus ichidagi 7 nafar o‘zbekistonlikka yordamga keldi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Dala yo‘lida Mercedes-Benz Vito rusumli avtomobil loyga botib qolganiga oid xabar qutqaruvchilarga 7 noyabr oqshomida kelgan. Mashinada O‘zbekistonning 7 vatandoshi (ulardan uch nafari bola) bo‘lgan. Ular chor-atrofni bilmaganlari uchun o‘zlari turgan joyni aniq ta’riflab berolmaganlar. O‘zbekistonliklarni qidirish ishlari 6 soat davom etgan.

Mashina Tersaqqan daryosi ustidagi o‘tish joyidan topilgan. Qutqaruvchilar mashinani botqoqdan chiqarib, o‘zbekistonliklarni Arqaliq shahrigacha kuzatib borganlar.

Aytilishicha, avtomobil haydovchisi va yo‘lovchilari tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmaganlar, ular yozma ravishda qutqaruvchilarga minnatdorchilik xati qoldirganlar.

Eslatib o‘tamiz,  O‘zbekistonliklar Qozog‘iston yo‘llarida turli yo‘l-transport hodisalariga yo‘liqib turadilar. Shu yil fevralida o‘zbekistonliklar tushgan bir avtobus Aqto‘be viloyatida halokatga uchragandi. O‘shanda ag‘darilib ketgan avtobusdagi yetti kishi tan jarohati olib, kasalxonaga yetkazilgan.

18 yanvar kuni esa Samara-Chimkent avtoyo‘lining Qozog‘iston Aqto‘be viloyatidan o‘tadigan qismida avtobusda ketayotgan 52 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan edi.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!