Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga sovg‘a berish qat’iy taqiqlandi

Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga sovg‘a berish qat’iy taqiqlandi

Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga sovg‘a berish butunlay taqiqlandi. Mamlakatda bunga doir yangi qonun qabul qilindi.

Mazkur hujjat tezkor-qidiruv faoliyatini yoki sudgacha tergov olib boruvchi mansabdor shaxslarning ba’zi xatti-harakatlariga qat’iy javobgarlik o‘rnatishni nazarda tutadi.

Qonunga ko‘ra, davlat xizmatchilari tomonidan qilgan xatti-harakatlari uchun sovg‘alar, moddiy mukofotlar olish butunlay taqiqlandi.

Shuningdek, Qonunda bir tashkilotda qarindoshlarning birgalikdagi faoliyati, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumot berish, korrupsiyaga qarshi xizmat xodimlari uchun uy-joy to‘lovlari kabi masalalar yechimi ham o‘z aksini topgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!