Qozog‘istonda 4 nafar jurnalist koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan

Qozog‘istonda 4 nafar jurnalist koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan

Qozog‘istonda to‘rt nafar jurnalist koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda Qozog‘iston bosh davlat sanitariya vrachi Ayjan Yesmag‘ambetova ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

«Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, yuqtirganlar orasida to‘rt nafar jurnalist ham bor. Ular bemorlar bilan aloqada bo‘lishgan. Hozirda ushbu jurnalistlarning holati qoniqarli», - dedi Ayjan Yesmag‘ambetova onlayn-matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Ayjan Yesmag‘ambetova bungacha, may oyi oxiriga kelib mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5,3 mingga yetishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!