Qoraqalpog‘istonlik “mashinik”ning “mashinstvalari”

Qoraqalpog‘istonlik “mashinik”ning “mashinstvalari”

Qoraqalpog‘istonlik A.T. aldovchilik bilan shug‘ullanib jinoyatiga yarasha jazo olib chiqqan bo‘lsa ham, bu yo‘ldan qaytmadi. Boshqalarning mol-mulkini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirishni davom etdi. Tanishi K.X.ga Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi Qo‘ng‘irot tumani raisi mening qarindoshim bo‘ladi, deb ishga kiritish sharti bilan undan 100 ming so‘m oldi. Ko‘p o‘tmay tumandagi restoranlardan birida ovqatlanayotgan yigitlardan birining Samsung Galaxy J5 Prime markali telefonini olib, voqea joyidan qochib ketadi va bozorga olib borib, 750 ming so‘mga pullaydi.

Mashinik tuman tibbiyot birlashmasi qoshida bir kishi bilan tanishadi. Unga otam temir yo‘l vokzalida provadnik, Qozog‘iston Respublikasidan 300 ming so‘mga uyali telefon oldirib beraman, deb shu so‘mmani o‘zlashtirdi. Bu harakatlarini to‘xtatmay, A.T. bir haydovchiga Toshkentdan 5 ta balon olib kelib beraman, deb 1 million so‘mini ham o‘z manfaati uchun ishlatadi. Bu haqda Istiqlol va qonun gazetasi ma’lumot beradi.

A.T.ning bu qilmishlari fosh bo‘ldi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uni qo‘lga tushirdi. Mashhur mashinik 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar berdi kar24.uz .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!