Qoraqalpog‘istonda 5 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda 5 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

To‘rtko‘l tumanida besh kishi is gazidan zaharlandi. Voqea yuzasidan 6 mart kuni soat 11:30 larda To‘rtko‘l tumani IIBga xabar kelib tushgan.

Oqibatda To‘rtko‘l tumani, «Yangiobod» MFYda yashovchi fuqaro I.U. (erkak) va uning qizlari R.S. (2003 y.), R.A.( 2010 y.) va o‘g‘li R.M. (2005 y.) hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan A.SH. vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining JKning 259-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tuman IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!