Qiziqchi Valijon Shamshiyev rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Qiziqchi Valijon Shamshiyev rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Taniqli qiziqchi va so‘z ustasi Valijon Shamshiyev Toshkent shahri Yashnobod tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "qalampir.uz" xabar bermoqda.

“Hammamizning maqsadimiz bitta - O‘zbekiston kelajagini yanada gullatib yashnatish va uning uchun farzandlarimizni tarbiyalash. Farzandlar tarbiyasida qo‘limdan kelgancha sizlar bilan birgalikda xizmat qilaman”, deb o‘z xizmat vazifasiga kirishdi san’atkor.

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi xabariga ko‘ra, tayinlov Xalq ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!